Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlarning har bir taklif va fikrlari inobatga olinmoqda
19.07.2022, 11:47

O’zLiDeP Namangan shahar Kengashi, Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi bilan birgalikda Mahalla fuqarolar yig‘inlari yoshlar yetakchilari ishtirokida “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan vazifalar hamda Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlarning ishtiroki masalasida o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminardan ko‘zlangan maqsad yoshlar yetakchilarining huquqiy savodxonligini oshirish, ularning ushbu jarayonda faol ishtirokini ta’minlash va aniq asoslangan takliflar olishdan iboratdir.
Tadbir jarayonida o‘zaro munozaralar asosida trening tashkil etildi. Unda konstitutsiyaninig huquqiy asoslari shaxs va jamiyat birlamchi tizimlari va shuningdkek ijro organi bilan mahalliy kengash vakolatlari to‘g‘risida ham fikr yuritildi.
Tadbir savol-javoblar asosida bahs munozaralarga boy tarzada yakunlandi. Yoshlar yetakchilaridan 10 nafari partiya safiga kirish istagini bildirdilar.
O'xshash yangiliklar
-
Yangilanayotgan Konstitutsiya yosh olimlar nigohida
27.03.2023, 15:55
-
Jizzaxlik talaba-yoshlar o‘z tengdoshlarini referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi
27.03.2023, 13:14
-
“REFERENDUMDA FAOL ISHTIROK ETAMIZ” deyishmoqda namanganlik talaba yoshlar
25.03.2023, 14:24
-
Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi
23.03.2023, 14:55
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati talaba yoshlarga tushuntirildi
19.03.2023, 15:05
Fikringizni qoldiring