Konstitutsiyaviy qonun loyihasida mehnat huquqiga doir yangi normalar kiritilmoqda

20.07.2022, 14:27

Konstitutsiyaviy qonun loyihasida mehnat huquqiga doir yangi normalar kiritilmoqda

Navoiy viloyati Uchquduq tumani hududiy partiya tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi tadbir ayni paytda muhokamada bo‘lgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasida mehnat munosabatlarining aks etishiga qaratildi.

Uchquduq tumani Bandlikka ko‘maklashish markazida tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkilotida o‘tkazilgan ushbu tadbirda Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati R.Gaffarov ishtirok etib,  Konistitutsiyaning 37-moddasi - mehnat huquqiga doir yangicha normalar jumladan, har kim mehnati uchun hech qanday kamsitilishlarsiz va belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish huquqiga ega ekanligi, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning o‘zi va oilasi yashashi uchun yetarli bo‘lishi kerakligi, homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanaganligi, har bir ishlovchi ayol homilador bo‘lgan taqdirda va tug‘ish davrida haq to‘lanadigan ta’tilga hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqni parvarish qilish uchun ta’tilga yoki bolani farzandlikka olish uchun ta’tilga chiqish huquqiga ega ekanligi bo‘yicha normalar kiritilishi ko‘zda tutilayotganligi ta’kidlandi. Shuningdek majburiy mehnatdan va bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan foydalanish taqiqlanadi hamda bu qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi bosh qomusimizda belgilab qo‘yilayotganligini ta’kidladi.

Shuningdek, 38-moddaga kiritilayotgan o‘zgartishlar, ya’ni har bir shaxs dam olish huquqiga ega. Yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga, dam olish va bayram kunlari, haq to‘lanadigan har yilgi ta’tilga chiqish huquqiga ega bo‘lishi belgilab qo‘yilayotganligi yangi konstitutsiyaviy qonun loyihasida alohida belgilab qo‘yilmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilamizki, inson uning qadri, sha’ni, mehnati, mulki, sog‘ligi va boshqa ehtiyojlari davlat muhofazasida va bu to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi uchun konstitutsiyaga kiritilmoqda.

Sh.Shokirova

O’zLiDeP Navoiy viloyati kengashi

 bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    407
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+