Konstitutsiyaga taklif etilayotgan yangi norma va qoidalar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

20.07.2022, 15:05

Konstitutsiyaga taklif etilayotgan yangi norma va qoidalar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi mas’ul xodimlari hamda xalq deputatlari viloyat, tuman kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlari rahbarlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda “O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga to‘risida ma’lumotlar berildi.

Tadbirda O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisi Zafar Karimov ishtirok etdi va tadbir ishtirokchilariga Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi hamda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati borasida keng ma’lumotlar berdi. Xususan, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida “Inson – jamiyat – davlat”, “Yangi O’zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga, yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlashga qaratilganini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Mazkur tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda O'zLiDeP faollarining o‘z o‘rni va yuksak mas’uliyati borligini, mazkur jarayonda ular ham foydali takliflari bilan faol ishtirok etishlari va hududlarda bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirishlari zarurligini tinglovchilar ongiga yetkazish, ular savodxonliklarini oshirishdan iboratdir.

Shuni alohida qayd etish lozim, Konstitutsiyaviy tuzatishlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlashga, himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalarga aylanadi.

Tadbirda so‘z olgan partiya faollari va deputatlar ishtirokidagi bunday tadbirlar viloyatning barcha tumanlarida, partiya qo‘yi bo‘g‘inlarida mahallalarda, korxona va tashkilotlarida targ‘ibotlarni kuchaytirish tashabbusini qo‘llab quvvatladilar.

Jaxongir Xo‘jamkulov,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    420
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+