Konstitutsiyaviy islohotlarga oid qonun loyihasi muhokamasi Zominda ham qizg‘in davom etmoqda

21.07.2022, 16:30

Konstitutsiyaviy islohotlarga oid qonun loyihasi muhokamasi Zominda ham qizg‘in davom etmoqda

O`zLiDeP Zomin tuman Kengashi tashabbusi bilan Qayirma mahalla fuqarolar yig‘inida konstitutsiyaviy islohotlarga oid qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan “O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi taraqqiyoti – jamiyat hayotining muhim omili” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari va mahalla ahli ishtirok etgan tadbir davomida bo‘lib o‘tgan qizg‘in muhokamalar, konstitutsiyaviy islohotlar hech bir yurtdoshimizni befarq qoldirmayotganini yana bir bor ko‘rsatib berdi. Yangi konstitutsiyada kiritish taklif qilinayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar, jumladan  “O’zbekiston – ijtimoiy davlat” degan g‘oya mahalla ahli tomonidan to‘liq qo‘llab – quvvatlanmoqda.

E’tiborli tomoni, muhokamalarda faol ishtirok etayotgan mahalla ahli bildirayotgan mulohazalarga quloq tutar ekansiz, so‘nggi yillarda hayotimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yangiliklar odamlarning tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarishiga sabab bo‘lganini, bugungi kunda odamlarimiz jamiyatimizda kechayotgan har qanday jarayonga o‘zlarini daxldor, deb bilayotganliklariga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Balki, aynan shu sababdir, konstitutsiyaviy islohotlarga oid qonun loyihasi har bir mahallada qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Primqul Nurmatov,

O`zLiDeP Zomin tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    356
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+