“Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi” ishbilarmon ayollar uchun muloqot maydonini yaratmoqda
16.03.2018, 17:28
Furqat tumanida “O‘zLiDeP – tadbirkor va fermer ayollar himoyachisi” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda partiya tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi” haqida batafsil ma’lumot berildi.
- Partiya qoshida “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi” tashkil etilgani bizni quvontirdi, - deydi “Al Mansur” ko‘ptarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari O‘ktamxon Davronova. - Ushbu guruh mavjud muammolarni bartaraf etishga ko‘mak bermoqda. Shu bilan bir qatorda mazkur guruh ishbilarmon ayollarning o‘zaro tajriba almashishlari uchun imkoniyat yaratmoqda.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda tadbirkor va fermer ayollar safini kengaytirishda, ularning faolligini qo‘llab-quvvatlash, yirik tadbirkorlarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, o‘zaro erkin fikr almashishni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish kabi amaliy ishlarni kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring