Yangibozorning 30 nafar mahalla raislari partiya safiga qo‘shildi

25.07.2022, 14:58

Yangibozorning 30 nafar mahalla raislari partiya safiga qo‘shildi

Yangibozor tuman Kengash deputati, mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi rahbari Feruza  Ro‘zmetova ishtirokida “Yangiyop" MFYda tashkil qilingan BPTda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda tumandagi mahalla raislari, MFYda tashkil etilgan quyi bo‘g‘in a’zolari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olgan deputat F.Ro‘zmetova amaldagi Konstitutsiya mamlakatimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuq va katta o‘zgarishlarning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lganligi, lekin shiddat bilan o‘zgarayotgan zamonda, Bosh Qomusimizni jamiyatdagi real voqelikka, Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi ulkan marralarga, shiddatli islohotlar o‘zaniga moslashtirish bugungi kunning asosiy talabi ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. 

Ayniqsa, yangilanayotgan Konstitutsiyadagi 13-moddasiga “Insonning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida qonunchilikda yuzaga keladigan, bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi.” deya kiritilayotgan yangi norma inson manfaati, inson qadri birinchi o‘ringa qo‘yilayotganining isboti ekanligi e’tirof etildi.

Tadbir ishtirokchilari va mahalla ahli konstitutsiyaviy islohotlar o‘z oilalari, farzandlari, mahallasi taqdiriga daxldor ekanligini yaqqol his qilib, ko‘plab asosli fikrlarni o‘rtaga tashladilar.

Shuningdek, tadbir yakunida tumandagi 30 ta mahalla raislarining 27 nafari partiya safiga qabul qilinib, ularga partiyaning a’zolik guvohnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Abror Adamov,

O’zLiDeP Yangibozor tuman

Kengashi apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    489
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+