Konstitutsiyaviy qonun loyihasi soliqchilar o‘rtasida qizg‘in muhokama qilindi

26.07.2022, 17:05

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi soliqchilar o‘rtasida qizg‘in muhokama qilindi

Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasida faoliyat yuritayotgan soliq xizmat xodimlari ishtirokida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamasiga bag‘ishlab “Konstitutsiyamizning ijodkori xalqdir” mavzusida navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda partiya Navoiy viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari-apparat rahbari M.Eshniyozov Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi. Bugungi kunda aynan mahaliy aholining faol a’zolaridan ko‘plab takliflar tushayotganligi sababli umumxalq muhokamasi ikkinchi bor uzaytirilganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Bosh qomusimizga yana qo‘shimcha tarzda 6 ta primm modda kiritilayotganligi, umuman olganda loyihaga o‘zgartirishga tushgan har bir moddada inson manfaatlari va qadri ustuvor belgilab qo‘yilayotganligi katta ahamiyatga ega ekanligi tushuntirib o‘tildi.

Qizg‘in savol-javoblarga boy kechgan uchrashuvda qonun loyihasiga takliflar olindi.

 M.Farmonova,

 OMQP deputati yordamchisi.

  • Ko'rildi
    617
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+