Qo‘ng‘irotlik mahalla yoshlari tadbirkorlik sub’ektiga sayohat qilishdi

05.08.2022, 16:01

Qo‘ng‘irotlik mahalla yoshlari tadbirkorlik sub’ektiga sayohat qilishdi

 O’zLiDeP Qo‘ng‘irot tuman Kengashi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini  mazmunli o‘tkazish, ularni kasb-hunarga, tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish va intilishlarini yanada oshirish maqsadida mahalla yoshlari uchun  “Yulduz” tikuvchilik sexiga sayohat tashkil qilindi.

Maqsad esa mahalla yoshlarini tadbirkorlikka kengroq jalb etish,  ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, shu orqali ularning bandligini ta’minlashdir.

Mazkur tikuvchilik korxonasi rahbari Yulduzxon Alimova o‘z faoliyatini boshlashda dastaval 2015 yili hunarmand uyushmasiga a’zo bo‘lib, shundan keyin shu yili “Qishloq qurilish bank” tuman filialidan 17 million 500 ming so‘m miqdorida 4 foizdan imtiyozli kredit olib o‘z ishini boshlagan. Hozirgi kunda mahalladagi ishsiz 5 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlagan. Korxonasini yanada kengaytirish maqsadida joriy  yili ham “Xalq banki” dan 33 million so‘m miqdorida 8 foizli imtiyozli kredit oldik, –deydi korxona rahbari Yulduzxon Alimova. Tikuvchilik korxonamizda asosan turli xil bejirim ko‘ylaklar va maktab formalari tikiladi.   

Sayohat davomida korxona rahbari Yulduzxon Alimova o‘z faoliyati haqida to‘xtalib, tadbirkorlikni boshlashda ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish kerakligi bo‘yicha o‘zining hayotiy tajribasidan kelib chiqib yoshlarga motivatsiya berdi.

Bundan tashqari sayohat davomida mazkur korxonadagi ishchi qizlarning 5 nafari partiyaga xayrixohligini bildirishdi va partiyaning yangi boshlang‘ich tashkiloti ochildi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  

Kengashi  matbuot  xizmati

  • Ko'rildi
    561
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+