Yangi O’zbekiston – ayollari baxt topgan yurt!

09.08.2022, 15:42

Yangi O’zbekiston – ayollari baxt topgan yurt!

Jonajon O’zbekistonimiz bu yilgi davlat mustaqilligi tadbirlarini “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida o‘tkazadi.

Partiya Bekobod shahar Kengashi ham “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosini ta’minlash, eng ulug‘ bayramni keng aholi qatlamlari orasida munosib nishonlash maqsadida targ‘ibot tadbirlarini boshlab yuborgan.

Bekobod shahridagi turli millat vakillari istiqomat qilib kelayotgan “Nurli yo‘l” MFYda tashkil qilingan boshlang‘ich partiya tashkiloti faollari, mahalla xotin-qizlari bilan o‘tkazilgan tadbirda mahalliy Kengashdagi partiya deputatlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Xalq deputatlari shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbari Ubaydullo Mirzayev so‘z olib, yig‘ilganlarga yurtimizda xotin-qizlar va ularning huquqiy himoyasi, jamiyat va davlat hayotidagi mavqeini oshirishda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar haqida so‘zladi.

Mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan har bir yutuqda ayollarning o‘z munosib xissasi borligini ta’kidladi.

Tadbirda ishtirok etgan mahalla xotin-qizlari mustaqillik bergan imkoniyatlar, uning ayollar hayotida tutgan o‘rni, mamlakatda xotin-qizlarning teng huquqliligini ta’minlanganligi, turli tashkilotlarda mehnat qilish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda berilgan imtiyozlarni quvonch va minnatdorlik bilan tilga olishdi.

Yangi O’zbekistonda ayollar qadr topgan, baxt topgan jamiyat barpo etilayotganini e’tirof etishdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    840
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+