Yangi O’zbekistonning yanada taraqqiy etishi uchun bor kuch va g‘ayratimni ayamayman

10.08.2022, 16:02

Yangi O’zbekistonning yanada taraqqiy etishi uchun bor kuch va g‘ayratimni ayamayman

Mustaqillik kuni — xalqimizning eng ulug‘, eng aziz ayyomi. Har yili bu qutlug‘ sanani umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash a’anaga aylangan. Shu sababli davlatimiz rahbarining shu yil 2 avgustda imzolangan “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, mazkur qutlug‘ sanaga bag‘ishlab o‘tkazilajak barcha tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!”, degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkazilishi belgilandi.

Istiqlolning so‘nggi besh yili islohotlarga ancha boy bo‘ldi. Yoshlarga bo‘lgan e’tibor yana bir karra yuqoriladi. Davlat rahbari tomonidan imzolangan birinchi qonun ham aynan “Yoshlarga oid Davlat siyosati to‘g‘risi”da ekanligi bejiz emas.

Eng muhimi, so‘nggi yillarda yoshlar masalasidagi bir qancha muammolar o‘z echimini topdi. Xo‘sh, bu qanday islohotlar vositasida amalga oshiririldi?

Ana shunday islohotlarning eng yirigi – Yoshlar ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligining tuzlgani bo‘ldi. Aytish kerakki, ushbu tashkilotlar yoshlarga oid Davlat siyosatining lokomotiviga aylandi. Sohada ilgari yo‘l qo‘ygan kamchiliklar bosqichma-bosqich hal etilayapti.

Ikkinchi masala bu – davlatimiz rahbari o‘z vakolatlarini bajarishga kirishganining birinchi yilidayoq yuritimiz aholisi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilishi chorasini ko‘rdi. Ochig‘ini aytish kerak, mutolaa madaniyatining yo‘qligi yoshlarning ma’rifat ko‘chasiga kirmay, turli yot yo‘llardan yurib ketishiga sababchi bo‘layotgan edi. Yoshlarni yana kitobga qaytarish, ularni mutolaaga qiziqtirish yo‘lida ancha ishlar qilindi: kitoblar narxi arzonlashtirildi, kerak bo‘lsa, har bir ta’lim muassasasiga minglab kitoblar bepul etkazib berildi. Yoshlar kitob o‘qishi uchun chekka qishloq va ovullarda ham kitob do‘konlari hamda kutubxonalar ochildi. Bu ishlar hali ham davom etmoqda.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Prezident tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus yoshlar siyosatidagi muhim islohotlardan biri bo‘ldi va u o‘zining natijasini bermoqda.

Tan olish kerak keyingi besh yilda oliy ta’lim olish imkoniyati oshdi. Shu sababli oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirganlar soni yildan-yilga oshib bormoqda. 2022-2023-o‘quv yili  uchun bu ko‘rsatkich hatto rekord natijani qayd etdi: talaba bo‘lishni istovchilar soni 1 mln. 214 ming 232 nafarni tashkil etdi.

Ushbu maqolada mustaqillikning so‘nggi besh yilida yurtimiz yoshlariga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning ba’zilari haqida so‘z yurtishga harakat qildik. Islohotlar ko‘lami shunchalik kengki, ularni bir yoki bir nechta maqolaga sig‘dirish imkonsiz.

Faol yoshlar safida turib, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, Yangi O’zbekistonimizning yanada taraqqiy etishi uchun bor kuch va g‘ayratimni ayamayman.

Fursatdan foydalanib barchangizni yaqinlashib kelayotgan ulug‘ ayyom – istiqlolning  31 yilligi bilan samimiy qutlayman. 

Shozafar Shoahmedov,

Oliy Majlis huzuridagi

 Yoshlar parlamenti a’zosi

  • Ko'rildi
    350
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+