Deputat mehrga muxtoj insonlar holidan xabar oldi

17.08.2022, 16:27

Deputat mehrga muxtoj insonlar holidan xabar oldi

Keksalarga hurmat, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olish, bemorlarni yo‘qlash, mehrga muhtoj insonlarning ko‘nglini xushlash kabi fazilatlar xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy an’analar hisoblanadi.

Shunday ezgu an’analarni davom ettirish maqsadida O’zLiDePdan Chust tuman kengashiga saylangan deputat R.Xakimov tomonidan tumanda kam ta’minlangan hamda bemor fuqarolar holidan xabar olmoqda.

Xalq vakili mustaqilligimizning o‘ttiz bir yilligi bayrami munosabati bilan "Bolo" mahallasida yashovchi keksa yoshdagi mehrga muhtoj insonlar, ijtimoiy ko‘mak zarur bo‘lgan fuqarolar xonadonlarida bo‘lib, bayram sovg‘alarini topshirdi.

  • Ko'rildi
    239
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+