Mustaqillikning o‘ttiz bir yilligiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari partiya quyi bo‘g‘inlarda o‘tkazilmoqda

18.08.2022, 17:13

Mustaqillikning o‘ttiz bir yilligiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari partiya quyi bo‘g‘inlarda o‘tkazilmoqda

O`zLiDeP Toshloq tuman Kengashi tomonidan eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqilligimizning 31 yilligini munosib kutib olish maqsadida 52-oilaviy poliklinikasidagi boshlang‘ich partiya tashkilotida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida so‘z olganlar "Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz" bosh g‘oyasi mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratishdi. Yurtimizda inson qadrini ulug‘lash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, xotin-qizlarga, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil tushintirish berdi.

Tadbir yakunida 5 nafar tibbiyot xodimi vakillari partiya safiga qabul qilindi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    393
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+