Deputat mahalla yoshlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil qildi

19.08.2022, 15:15

Deputat mahalla yoshlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil qildi

Mamlakatimiz Mustaqilligining 31 yilligi qutlug‘ ayyom arafasida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida Yunusobod tumani “Uvaysiy” mahallasida Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Abdumalik Tulyaganov va mahalla raisi Nig‘matilla Yunusov tomonidan yoshlar, o‘smirlar va keksalar orasida suzish, futbol, basketbol, tennis, badminton, gimnastika, shashka va shaxmat sport turlari buyicha musobaqalar o‘tkazildi.

Sport tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Musobaqa g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Darhaqiqat, kelajak avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash bizning milliy xususiyatimizdir va bu borada barchamiz mas’ulmiz. Bolajonlarga, yoshlarimizga bo‘lgan e’tibor kelajakka bo‘lgan e’tibordir.

  • Ko'rildi
    520
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+