Xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

30.08.2022, 16:06

Xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi  faollari tomonidan turli xil madaniy-ma’rifiy tadbirlar bilan bir qatorda xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘riklar ham tashkil etilmoqda. “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Navbatdagi shunday bepul tibbiy ko‘riklardan biri -  Doctor-Akmal ko‘p tarmoqli xususiy tibbiyot markazida bo‘lib o‘tdi.

Bayram oldidan tashkil etilgan ushbu tibbiy – ko‘rikda, Jizzax shahridagi Shodlik, Jizzaxlik, Kimyogar, Toshloq, Yoshlik MFYlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, “Ayollar daftari” da turuvchi 20 nafar xotin-qizlar turli xil yo‘nalishdagi tibbiyot xodimlari ko‘rigidan o‘tishdi.

Tajribali shifokorlar, tibbiy-ko‘rik natijalaridan kelib chiqib, ayollarga sog‘liqlarini tiklash uchun o‘z maslahatlarini berdilar.

Saida Umaraliyeva,

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

 “Ayollar qanoti” guruhi  rahbari

  • Ko'rildi
    340
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+