Yangi O’zbekiston – Uchinchi Renessans bunyodkorlari

05.09.2022, 12:30

Yangi O’zbekiston – Uchinchi Renessans bunyodkorlari

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi Yoshlar va Biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi hamda Qarshi tuman kengashi tomonidan “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.  Shodiyonaga “Navbahor” va “Navro‘z” mahallalarida istiqomat qilayotgan yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etdilar. Tadbirda xalq deputatlari tuman kengashi deputati Ruhiddin Berdiyev, “Navbahor” va “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari Murod Hasanov, Jasur Botirov, hokim yordamchilari Sherzod Qurbonov va Asror Dilliyevlar O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururni yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamiz ekanligini alohida ta’kidlab, to‘planganlarni ulug‘ shodiyona bilan samimiy qutlashdi.

- O’zLiDeP Qarshi tuman kengashi va deputatlarimiz ko‘magi bilan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mahallamizdagi 27 nafar yoshlarga 383 mln. so‘m kredit ajratilgach, ular o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yishdi, - deydi “Navbahor” mahallasidagi hokim yordamchisi Sherzod Qurbonov. - 17 nafar xotin-qizlarga kredit asosida, 2 nafar yosh qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari olib berildi. Natijada yuzdan ortiq mahallamiz yoshlari uchun yangi ish o‘rinlari yaratildi.  

Tadbir intihosida mahallalarda istiqomat qilayotgan iqtidorli yoshlarga O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Feruza MUSTAYEVA,

O’zLiDeP Qarshi tuman kengashi raisi o‘rinbosari,

apparat rahbari.

  • Ko'rildi
    772
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+