Talabalar orasidan kadrlar zaxirasi shakllantiriloqda

21.09.2022, 11:47

Talabalar orasidan kadrlar zaxirasi shakllantiriloqda

O`zLiDeP Toshkent shahar va Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashlari tomonidan Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Toshkent filliali bilan hamkorlikda “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilorom Fayziyeva, partiyaning Toshkent shahar Kengashi faollari, Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, universitet professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

- Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaning rivoji uchun munosib faollarni tanlab olishdir. Shu bois, loyiha doirasida kadrlarning bilimi, saviyasi, tajribasi, jamoatchilik o‘rtasidagi obro‘si xususida keng va batafsil o‘rganishga harakat qildik, chunki partiyalar safini bilimli, tashkilotchi va vatanparvar yosh kadrlar bilan to‘ldirish ustuvor vazifamiz, – deydi O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Mohiniso Farmonova.

Darhaqiqat, globallashuv sharoitida va siyosiy partiyalar o‘rtasida raqobat kuchayib borayotgan bir davrda partiyaning markaziy, hududiy va tuman (shahar) Kengashlariga ishga qabul qilish uchun siyosiy jihatdan yetuk, kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yish ishlarini yanada takomillashtirish, zamonaviy fikrlaydigan yosh kadrlarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Tadbir davomida siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 10 nafardan ortiq yoshlar istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.

  • Ko'rildi
    305
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+