Uchqo‘rg‘onlik mohir tadbirkor
23.09.2022, 16:15

O’zLiDeP Uchqo‘rg‘on tuman Kengashi faollari tomonidan “Mustaqillik” MFY hududida joylashgan “Kimyo Agro“ tashkiloti rahbari Axmadjon Ubaydullayev faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
2017 yilda 17 ming parranda bilan o‘z faoliyatini boshlagan bu tadbirkor keyinchalik asalarichilik va issiqxonalarda sabzavot mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanishni ham yo‘lga qo‘ydi. Korxonada dastlab, 4 nafar ishsiz yoshlarni ish bilan taminlangan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 15 nafarga yetdi. Ahamiyatlisi, ularning aksariyatini yoshlar vakillari tashkil etadi.
Ayni kunlarda bu korxona jamoasi 50 ming dona parranda, 30 quti asalari parvarish qilib, aholini arzon va parxezbob parranda go‘shti va asal mahsulotlari bilan ta’minlashga munosib hissa qo‘shishmoqda.
Tadbirkor bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda o‘z biznesini qanday qilib boshlagani,imkoniyat va imtiyozlardan foydalangani, yangi ish o‘rinlari yaratgani va kelgusidagi rejalari haqida so‘zlab berdi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi
29.09.2023, 15:47
-
Tadbirkorlar muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi
22.09.2023, 15:22
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
21.09.2023, 17:22
-
Tajribali tadbirkor olotlik yoshlar bilan uchrashdi
14.09.2023, 11:37
-
Tadbirkor muvaffaqiyatga erishishning muhim omillari haqida gapirdi
11.09.2023, 16:37
Fikringizni qoldiring