Deputatlar 153 nafar keksa nuroniylar holidan xabar olishdi

05.10.2022, 17:10

Deputatlar 153 nafar keksa nuroniylar holidan xabar olishdi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, joriy yilning 3-9 oktabr kunlari respublikamizning barcha hududida “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Ayni, shu maqsadda  Xalq deputatlari Mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov, G’iyosiddin Babaxanov va Qobiljon Dadabayevlar tashabbusi bilan Namangan shahridagi Chorsu, Sharq tongi,  Chinor,  Amir Temur, Sohibkor, Oydinko‘l, Iftixor, G’ishtko‘prik, Sumalak guzari, Madaniy, Sharshara, Ma’rifat mahallalarida hamda Davlatobod tumani To‘quvchi, Mustaqillik, Orzu, Ijodkor, Tadbirkor va Yuksalish mahallalarida “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish - xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida xayriya tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida mahallalardagi boquvchisini yo‘qotgan, yakka-yolg‘iz va bemor yotgan 153 nafar keksalar holidan xabar olindi.

Nuroniy otaxon va onaxonlar duoga qo‘l ochib, bugungi kunda yurtimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga shukronalar aytib, yurtimiz tinch, dasturxonimiz to‘kin va farzandlarimiz baxtli hayot kechirishini tilashdi.

  • Ko'rildi
    353
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+