Deputat Sergeli va Yangihayotda yangi maktablarning qurilishi va mavjudlarini ta’mirlash holatini o‘rgandi

06.10.2022, 11:17

Deputat Sergeli va Yangihayotda yangi maktablarning qurilishi va mavjudlarini ta’mirlash holatini o‘rgandi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ravshan Fazilov joriy yilning avgust oyida Sergeli, Yangihayot tumanlaridagi umumta’lim maktablarini 2022-2023 o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli tavsiyalar bergan edi.

Kuni kecha deputat Ravshan Fazilov Sergeli tumanidagi 104-sonli va Yangihayot tumanidagi 333-sonli umumta’lim maktablarida olib borilgan ishlar holatini o‘rgandi. Hozirda 104-sonli umumta’lim maktabi kapital remontdan chiqarilgan bo‘lib, lekin, oxiriga yetkazilmagan bir qancha ishlar aniqlandi va bu borada muammoni hal etish yuzasidan deputat o‘z tavsiyasini berdi.

Shuningdek, Yangihayot tumani 333-sonli umumta’lim maktab hududida 990 o‘rinli yangi qo‘shimcha bino qurish ishlari to‘xtab qolgan edi. Deputat tomonidan muammoli vaziyat yechim topib, hozirgi kunda poydevor uchun qazish ishlari yakunlandi va beton quyish ishlari boshlab yuborildi. Ushbu ishlar deputat nazoratiga olingan.

Darhaqiqat, Yangi O’zbekistonni qurmoqda ekanmiz maktab muammosiga birinchi darajali masala, deb qarash juda muhimdir. Maktab – faqatgina ta’lim beradigan maskan emas, barchamiz uchun yuksak ma’naviyat beshigiga, farzandlarimizni bolalikdan boshlab kasbga o‘rgatuvchi dargohdir. Umumta’lim tizimini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, yanada rivojlantirish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, maktablarni ta’mirlash va zamonaviy maktablar qurish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolaveradi.

  • Ko'rildi
    528
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+