O‘zLiDeP deputatlari kredit foizlari yuqoriligi va aytilgan muddatdan ancha kechiktirib berilayotgani yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirishdi
23.03.2018, 19:09
Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashidagi O‘zLiDeP guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tumanda olib borilayotgan ishlar yuzasidan Qo‘shtepa tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boyicha o‘rinbosari Bahromjon Taniqulov, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Farhodjon Abdullayev, “Agrobank” tuman filiali boshqaruvchisi Abdunabixon Akramov, “Xalqbanki” tuman filiali boshqaruvchisi Ikromjon Mamajonov, Davlat xizmatlari agentligi boshlig‘i Akmaljon Abdukarimovning hisobotlari eshitildi.
Eshituv davomida deputatlar tomonidan tijorat bank rahbarlariga hozirgi kunda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratilayotgan kreditlarning foizi yuqoriligi, kreditlar aytilgan muddatdan ancha kechiktirib ajratilishi yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirildi.
Muzokorada so‘zga chiqqan “Kelajak deputatlari” guruhi azosi Olimjon Haydarov hokim o‘rinbosari Bahromjon Taniqulovga tumanga chet el investorlari kelmayotgani, o‘sib borayotgan ishsizlar sonini kamaytirish uchun qanday amaliy ishlar bajarilayotgani haqida savol berdi. B.Taniqulov partiyamiz faoliga tumanda olib borilayotgan ishlar, faoliyat yuritayotgan korxonalar va kelgusida rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil axborot berdi.
Shuningdek, yig‘ilishda tuman hunarmand uyushmasi raisi Diloromxon Bahromovaning hisoboti ham eshitildi. Partiya deputatlik guruhi vakillari uyushma 2016 yilga nisbatan 2017 yilda ancha samarali faoliyat ko‘rsatayotgani, hunarmandlarga imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilganini etirof etishdi.
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
Fikringizni qoldiring