ADU talaba yoshlari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

14.10.2022, 11:37

ADU talaba yoshlari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan partiya viloyat Kengashi tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Sh.Turg‘unov va boshqalar yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda siyosiy partiyalarning o‘rni va roli to‘g‘risida ma’lumotlar berish barobarida ushbu loyihaning mazmun-mohiyati haqida batafsil to‘xtaldi.

Ta’kidlandiki, bugungi globallashuv jarayonida va siyosiy partiyalar o‘rtasida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda hududiy partiya tashkilotlari ijroiya apparatlariga siyosiy jihatdan yetuk, partiyaviy ishlarni tashkil etish masalalarida davr talablariga javob bera oladigan, yetarli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yish ishlarini yanada takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Partiyaning dasturidagi ustuvor maqsad va vazifalar hamda ularning “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ga muvofiqligi, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda partiya va uning elektorat vakillari bo‘lmish tadbirkorlarning roli to‘g‘risida ma’lumotlar berildi va yoshlarni yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol bo‘lishga chaqirdi.

Tadbir so‘nggida Andijon Davlat universitetida tahsil olayotgan bitiruvchi talabalardan 10 nafarga yaqin yoshlari kadrlar zaxirasiga olindi.

  • Ko'rildi
    275
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+