Tadbirkorlik sub’ektlarida beruniylik yoshlar uchun mahorat darsi tashkil qilindi

27.10.2022, 15:10

Tadbirkorlik sub’ektlarida beruniylik yoshlar uchun mahorat darsi tashkil qilindi

Joriy yilning "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi"ning ijrosini nazorat qilish  bo‘yicha  beruniylik deputatlar va tegishli tashkilotlardan tashkil topgan ishchi guruh vakillari tumandagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini o‘rganishdi.

O'zLiDeP Beruniy tuman Kengashi apparat rahbari R.Yuldasheva, O'zLiDePdan tuman Kengashiga saylangan deputat K.Artikov, "Shabboz" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi I.Alimov, ushbu mahalla yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi va partiya faollari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan "Xajiboy-Sharigul" MChJ faoliyati o‘rganildi.

Tadbirkorlik sub’ektlarini o‘rganish jarayonida yoshlarni tadbirkorlikka kengroq jalb qilish maqsadida tuman yoshlari uchun oyna-eshik romlari, turli mebel mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi "Xajiboy-Sharigul" MChJga sayohat ham tashkil qilindi. Yoshlarga yurtimizda tadbirkorlikka keng yul ochilganligi, davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Korxona rahbari  Arslon To‘xtaboyev 10 nafar ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlagan. Tadbirkor yaqinda yangi binoni qurib bitkazdi va ishga tushirish arafasida. Yangi imoratda tikuvchilik sexi ham ishga tushiriladi. Qo‘shimcha yana 20 nafar ish o‘rni yaratiladi. Mahalladagi hokim yordamchisiga bu tadbirkorga subsidiya olishiga yordam berish bo‘yicha taklif ham kiritildi.  

O’rganish jarayonida mazkur korxona rahbari va ishchilari, mahalla raisi partiya a’zoligiga qabul qilindi.

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    139
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+