Quyi bo‘g‘in faoliyati tahlil etildi

03.11.2022, 16:01

Quyi bo‘g‘in faoliyati tahlil etildi

Qarshi tumanidagi 52-qishloq oilaviy poliklinikasi qoshidagi O’zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotida “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla” yili Davlat dasturi doirasida O‘zLiDeP ning ustuvor vazifalari va unda BPTlarning o‘rni va roli” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda tuman kengashi deputati Dilfo‘za Jo‘rayeva, boshlang‘ich tashkilot raisi Malohat Musayeva va boshqalar so‘zga chiqishdi.

- Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturidagi sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar zimmamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi, - deydi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Malohat Musayeva.

- Tibbiyot xodimlarining oylik maoshlari 30 foizga oshirilib, endilikda ularga ish samaradorligi va natijasiga qarab tabaqalashtirilgan rag‘batlantirish va ustama to‘lovlari joriy etilganligi barchamizga quvonch baxsh etdi. Biz shifokorlar ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikka javoban xalq salomatligini saqlash borasida yanada samarali mehnat qilishimiz kerak.   

 Davra suhbati yakunida yil dasturi ijrosi doirasida partiya faollari tomonidan amalga oshirilayotgan g‘oyaviy-siyosiy va tushuntirish targ‘ibot ishlarni kuchaytirish, BPTlar faoliyatini yanada jonlantirish, maslakdoshlarni partiyaviy topshiriqlar bilan qamrab olish, siyosiy faolligini yanada oshirish borasida amaliy takliflarni o‘rtaga tashlandi.

Feruza MUSTAYEVA,

O’zLiDeP Qarshi tuman kengashi

apparat rahbari.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    223
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+