Deputat tashabbusi bilan ko‘cha asfalt qilinmoqda

15.11.2022, 15:37

Deputat tashabbusi bilan ko‘cha asfalt qilinmoqda

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashida 14 nafar  O‘zLiDeP  deputatlik guruhi a’zoalari faoliyat olib boradi. 

Jizzax viloyatidagi eng ko‘p, eng faol hisoblangan bu deputatlik guruhi a’zolaridan biri – Muhabbat Soatova o‘z amaliy ishlari bilan saylovchilar ishonchini qozonishga ulgurgan xalq noiblaridan.

Tuman hududidagi Xavostlik mahalla fuqarolar yig‘ini Q.Niyoziy ko‘chasida  yashovchi 40 ta xonadon aholisi yog‘in sochinda loy, yozda chang tuproq yo‘l ta’miri masalasida o‘z deputatlariga murojaat qilishdi.

Deputat sa’y-harakatlari bilan muammoga yechim topildi. Ayni paytda mutasaddi tashkilotlar ko‘chadan o‘tgan 410 metrlik yo‘lga to‘liq beton qoplama yotqizishga kirishishdi.

Muammoga yechim topib, aholi tashvishga solib kelayotgan muammoga yechim topgan deputatga aholi chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildirmoqda.

G’anisher Avalboyev,

O‘zLiDeP Sharof Rashidov tuman Kengashi

appart rahbari

 

  • Ko'rildi
    286
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+