Hech bir murojaat e’tiborsiz qolmaydi

25.11.2022, 16:16

Hech bir murojaat e’tiborsiz qolmaydi

Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputatligiga 6-“Foshun” saylov okrugidan saylangan Matluba Badritdinova tomonidan saylovchilar  muammolarini o‘rganish va ularning yechimi borasida navbatdagi uchrashuv “Bog‘idasht”  va “Yoshlik” MFY lar aholisi bilan o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan uy –joylarni ta’mirlash,  ko‘chalarni asfaltlashtirish hamda ishga joylashtirish masalalari buyicha murojaatlar kelib tushdi.

Deputat M.Badriddinova tomonidan anchadan buyon MFY aholisining haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan ayrim ichki ko‘chalaridagi o‘nqir-cho‘nqir, ta’mirtalab bo‘lib qolgan yo‘llar joyida borib o‘rganildi. Mazkur muammolarni hal etish maqsadida tegishli tashkilot rahbarlari nomiga deputatlik so‘rovlari yuborildi va ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

Sog‘lig‘ini taklashda ko‘maklashishni so‘rab murojaat qilgan bemorlarga esa shu kunning o‘zida deputat M.Badriddinova boshchiligida ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikadagi mutaxassis shifokorlar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

  • Ko'rildi
    159
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+