Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!

28.11.2022, 15:15

Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Farovon oila” loyihasi doirasida  “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda, O`zLiDeP Jizzax  viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi faollari, deputatlar, Ichki ishlar xodimlari, psixologlar hamda Jizzax shahridagi mavjud 34 ta mahalla  xotin-qizlar faollari, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur tadbir joriy yil noyabr oyining boshidan boshlab, O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlarning uzviy davomi bo‘ldi. Keng jamoatchilik bilan hamkorlikda viloyatning barcha tumanlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar, davra-suhbatlari, ochiq muloqotlarda, fuqarolarning, keng jamoatchilikning e’tiborini xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik muammosiga, hamda ularning huquqini ilgari surish masalalariga qaratildi.

Ta’kidlanganidek, viloyatda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, ijtimoiy og‘ir ahvoldagi va o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bor xotin-qizlar mutasaddilar, deputatlarning uzviy nazoratiga olingan. Ularga tibbiy, psixologik, ijtimoiy, moddiy, huquqiy va boshqa turdagi yordam ko‘rsatilgan.

Afsuski, tazyiq va zo‘ravonlik qurbonlari anchagina ko‘p bo‘lishi mumkin. Chunki, uydagi gapni ko‘chaga chiqarmaslikka intiladigan yoki o‘z haq-huquqini yaxshi bilmaydigan xotin-qizlar ham borligi shubhasiz. Shu sabab, ushbu dolzarb muammoni bartaraf etishda keng jamoatchilik vakillarining hamkorligi talab qilinadi.

Ayniqsa, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, qiyin ahvolda qolgan xotin-qizlarga reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari haqida ma’lumotlar berish shu sabab o‘ta muhim.

Tadbir davomida ishtirokchilarning fikr va mulohazalari, takliflari umumlashtirilib, kelgusi ish rejalari belgilab olindi.

Saida Umaraliyeva,

O`zLiDeP Jizzax  viloyat Kengashi

 “Ayollar qanoti” guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    1461
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+