Yangilanayotgan O’zbekistonning huquqiy poydevori

07.12.2022, 14:46

Yangilanayotgan O’zbekistonning huquqiy poydevori

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlab Qorovulbozor tumani Yoshlar markazi majlislar zalida  “Konstitutsiya – Yangilanayotgan O’zbekistonning huquqiy poydevori” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda O’zLiDeP tuman Kengashi “Ayollar qanoti” faollari, MFYdagi faol xotin-qizlar, o‘qituvchilar, yoshlar hamda BPT a’zolari ishtirok etdilar.

Tadbirda  partiya tuman Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Munavvara Jumayeva nutq so‘zlab, ayni paytda yurtimizda   Konstitutsiyani takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, unga  kiritilishi mo‘ljallanayotgan ayrim o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyatiga qisqacha to‘xtalib o‘tdi. 

Fuqarolik burchini teran anglab yetgan har bir inson Asosiy qonunni takomillashtirish yuzasidan o‘zining aniq, asosli takliflari bilan ishtirok etayotganligini, zero, Konstitutsiyamizda jamiyatda inson omilini yuksak darajaga ko‘tarish qat’iy va o‘zgarmas qoida sifatida belgilanganligini ta’kidladi.

  • Ko'rildi
    283
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+