Konstitutsiya – taraqqiyotimiz poydevori

07.12.2022, 15:05

Konstitutsiya – taraqqiyotimiz poydevori

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi jamoatchilik bilan aloqalar va mafkuraviy ishlar bo‘limi tomonidan Shahrisabz shahridagi “KOIKA” kasb-hunarga tayyorlash markazida Konstitutsiyamizning 30 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.  Anjumanda viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov, OMQP deputati yordamchisi Ziyodulla Jo‘rayevlar so‘zga chiqishib, mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli va izchil demokratik islohotlar natijasida Yangi O’zbekistonni barpo etishning mustahkam siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ma’rifiy va ma’naviy-madaniy asoslari yaratilganligi, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimiz farovonligini yanada oshirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda kuchli faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilanganligini islohotlar samarasida yaqqol namoyon ekanini   mamnuniyat ila e’tirof etdilar. 

-Bosh Qomusimiz amalga oshirilayotgan islohotlarda mustahkam huquqiy hujjatdir, uni yangilashdan asosiy maqsad - mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishdir, -dedi Shahrisabz shahridagi “KOIKA” kasb-hunarga tayyorlash markazi rahbari, shahar  kengashi raisi Fazliddin Rajabov.  - Konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarni  izchillik bilan davom ettirishda huquqiy poydevorni yanada mustahkamlash,  keng ko‘lamli o‘zgarishlarni qat’iy davom ettirishimizda muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ilgari surilayotgan keng ko‘lamli vazifalar, hususan, adolatli va xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash kabi ulug‘vor maqsadlarni amalga oshirishga zarur huquqiy asosni ta’minlovchi Konstitutsiyaviy makonni yanada takomillashtirish ehtiyojini kun tartibiga ko‘ydi. Buning uchun Bosh qomusimizni bugungi real voqelikka moslashtirish, Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun yanada mustahqam huquqiy poydevor bo‘lishi shabhasiz.   

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    316
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+