NamDU o‘qituvchi va talabalari partiya a’zoligiga qabul qilindi

07.12.2022, 15:12

NamDU o‘qituvchi va talabalari partiya a’zoligiga qabul qilindi

O'zLiDeP Namangan viloyat hamda Namangan shahar Kengashlari hamkorligida Namangan davlat universiteti o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda partiya viloyat Kengashi apparat rahbari O.Maxmudov, O'zLiDeP Namangan shahar Kengashi apparat rahbari va deputati S.Gapparova, partiya viloyat Kengashi tashkiliy, partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri E.Jo‘rayev hamda partiya faollari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda yoshlarning qiziqishlari ilm, fan taraqqiyotida ularning ulushi va siyosiy jarayonlardagi yoshlarning faolligiga ahamiyat qaratildi. Shuningdek, partiya dasturi, unda yoshlarga berilgan imkoniyatlar, xususan, “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’lumotlar ham berildi.

Uchrashuv yakunda 10 nafar o‘qituvchilar partiya safiga qabul qilinib, 2 nafar talaba “Yangi avlod kadrlari” zaxirasiga qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    362
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+