Ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berildi

16.12.2022, 16:09

Ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berildi

Avval xabar berganimizdek, O'zLiDePning mahalliy Kengash deputatlari, shuningdek, partiyaning faollari bo‘lmish ko‘plab tadbirkorlar  bilan hamkorlikda qish mavsumida aholini yetarli elektr energiyasi va isitish tizimi bilan ta’minlashda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Xalq deputatlari Buxoro tuman Kengashi deputati Xayrullo Jo‘rayevning tashabbusi bilan tumandagi ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Temir daftar” ga kiritilgan 500 ta oilaga 200 kgdan jami 100 tonna ko‘mir yetkazib berildi.

Ta’kidlash joizki, qish-qironli kunlarda mahalliy Kengash deputatlari  boshchiligida hududdagi ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘mak berish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida haqli ravishda xalqimiz roziligiga erishilmoqda.

  • Ko'rildi
    165
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+