Murojaatnomada belgilangan barcha vazifalar ijrosida deputatlardan faollik talab etiladi

27.12.2022, 17:04

Murojaatnomada belgilangan barcha vazifalar ijrosida deputatlardan faollik talab etiladi

Prezidentimizning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga murojaatnomasi – mamlakat siyosiy hayotidagi eng muhim voqea bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar, ularni tizimli hal etishdagi aniq belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida tadbirlar boshlab yuborildi.

O’zLiDeP ning joylardagi mahalliy Kengashlari, partiya deputatlik guruhlari tomonidan ham qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Mana shunday tadbirlardan biri Ohangaron tumanidagi Davlat xizmatlari markazida o‘tkazildi.

O’zLiDeP Toshkent viloyat hamda Ohangaron tuman Kengashlari, Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi, Ohangaron tuman Davlat xizmatlari markazi, tuman hokimligi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi o‘zaro hamkorligida o‘tkazilgan muhokama tadbirida deputatlar, umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari, partiya a’zolari, fuqarolar, aholi vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlari mutasaddilari,  faollar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar bugun yurtimizda insonni ulug‘lash, uning qadrini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan tub islohotlar haqida to‘xtalarkan, Murojaatnoma bu boradagi yana bir muhim qadam bo‘lganini e’tirof etdi.

Inson kamolotida ta’limning tutgan o‘rni, jamiyat va davlat rivoji ham aynan sifatli ta’lim bilan chambarchas bog‘liqligini qayd etdi.

Yurtboshimizning murojaatnomasida sifatli ta’lim masalasiga katta e’tibor qaratilib, ta’lim va tarbiya jarayonini tubdan isloh qilishni bugungi kunning dolzarb masalasi sifatida ko‘rilgani borasida fikr yuritdi. 

Murojaatnomada birinchi navbatda, e’tibor Yangi O’zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilishi va ӯqituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi qayd etilgani alohida e’tiborga molik ekanini so‘zladi.

Bu borada Ohangaron tumanida ham tuman hokimi Abdurasul Abdullayev boshchiligida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganini yuksak baholadi.

Muhokamada so‘zga chiqqan Ohangaron tuman Davlat xizmatlari markazi rahbari Shaxlo Ko‘chimova murojaatnoma borasida o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlasharkan, unda respublikamizning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotiga oid o‘ta muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tilgani xususida gapirdi.

Mamlakatimiz rahbari  Yangi O’zbekistonning taraqqiyot yo‘lida muhim ahamiyat kasb etuvchi oltita yo‘nalishda amalga oshirish zarur bo‘lgan eng muhim islohotlarni ilgari surganini ta’kidladi.

Murojaatnoma o‘z ichiga qamrab olgan dolzarb masalalar ko‘lami va ko‘zlangan maqsadlariga ko‘ra uzoq muddatga mo‘ljallangan strategik dastur bo‘lganini qayd etdi.

Tadbirda so‘z olgan maktab direktorlari ham Murojaatnomada Prezidentimizning “2023 yildan maktab ta’limi tizimini xalqaro ta’lim dasturlari asosida yangitdan isloh qilishni boshlaymiz, ona tilimizga e’tiborni yanada kuchaytiramiz, farzandlarimizni ona tilimiz va kamida ikkita chet tilini qunt bilan o‘rganish lozimligi hozirgi kunning talabidir, ona tilimizni mukammal bilishni, kerak bo‘lsa majbur qilishimiz kerak”, degan da’vatlari barcha ustoz va o‘qituvchilarining ko‘nglidagi gap bo‘lganini qayd etishdi. Bu boradagi o‘z taklif va mulohazalarini bayon etishdi.

Tadbir so‘nggida fikrlar umumlashtirilib, kelgusida “Inson qadri uchun” tamoyilining uzviy davomi bo‘lgan 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda o‘zaro jipslashib hamkorlik qilish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    216
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+