Chiroqchida bepul tibbiy ko‘rik tekshiruvi natijasida 50 nafarga yaqin xotin-qizlarda turli kasallik alomatlari aniqlandi

07.01.2023, 14:48

Chiroqchida bepul tibbiy ko‘rik tekshiruvi natijasida 50 nafarga yaqin xotin-qizlarda turli kasallik alomatlari aniqlandi

Sog‘lom ayolgina  jismoniy baquvvat, ma’nan yuksak o‘g‘il-qizlarni dunyoga keltiradi, tarbiyalaydi, katta hayot sari yo‘llaydi. Ular salomatligini mustahkamlash uchun tez-tez shifokor ko‘rigidan o‘tib turishlari kerak. Ammo hamma doim ham uy bekalarining shifoatxonaga borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishga vaqti va mablag‘i bo‘lavermaydi. Shu boisdan ham partiyaning Chiroqchi tuman Kengashi va Kengash xuzuridagi Ayollar guruhi tomonidan “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida tashkil qilinayotgan davra suhbati va bepul  tibbiy ko‘riklar xotin-qizlar orziqib kutadigan anjumanga aylanib ulgurgan.  

 Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaning 1-sonli uchastkasida tashkil etilgan mazkur tibbiy ko‘rikda ikki yuzga yaqin xotin-qizlar ishtirok etishdi. Malakali shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda 50 ga yaqin xotin-qizlarda turli kasalliklar alomatlari aniqlanib, davolanish uchun shifoxonalarga yo‘llanmalar berildi.  

-“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da  o‘ndan ortiq mana shunday bepul tibbiy ko‘riklarni tashkil etishni rejalashtirganmiz, - deydi O’zLiDeP Chiroqchi tuman kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari. Bugungi tadbirda tumandagi Choshtepa, O’zbekiston, Chiroqchi va Yangiobod MFYlar hududida  yashayotgan xotin-qizlar ishtirok etishdi. Kelgusida tumanning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan opa-singillarimizni ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish niyatidamiz.

 

  • Ko'rildi
    298
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+