“Tozalik posbonlari”dan xabar olindi

17.01.2023, 13:26

“Tozalik posbonlari”dan xabar olindi

Yurtimizga keskin sovuq ob-havoning kirib kelgan ayozli kunlarida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari o‘z faoliyatlarini davom ettirishmoqda.

Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Davlat Xolmurodov erta tongdan shahar ko‘chalaridagi biri piyodalar yo‘lakchasida qor kurayotgan, yana boshqasi avtomobil yo‘li ustida maxsus tuz sepayotgan obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining holidan xabar olishga keldi.

Ularning mehnat sharoitlari bilan tanishib, ko‘chalarni obod qilish, tozalikni saqlashdek savobli ishlarida kuch-quvvat tiladi.

Deputat izg‘irin qishning sovug‘iga qaramasdan o‘z xizmat vazifasini sidqidildan ado etayotgan “tozalik posbonlari”ga issiq choy, kofe va yegulik ulashdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    279
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+