G’amxo‘rlik va xayr-saxovat o‘zbek xalqiga xos odatlardan
18.01.2023, 16:13

Diyorimizga har qachongidan sovuq kelgan qishning izg‘irinli kunlarida xalq dardiga malham bo‘lish, og‘irini yengil qilishda partiyamizning joylardagi tashkilotlari va faollari ham jonbozlik ko‘rsatib kelishmoqda.
Ohangaron shahridagi “Umid” MFY dagi Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashidagi partiya deputati, MFY raisi Farrux Akilov boshchiligidagi partiya faollari noqulay ob-havo sharoitida xayriya tadbiri uyushtirishdi.
Erta tongdan shahar mahallalari va ko‘chalarida izg‘irin sovuqning salbiy oqibatlarini bartaraf etayotgan Obodonlashtirish bo‘limi xodimlariga qaynoq choy, kofe va shirin yeguliklar tarqatish bilan boshlangan tadbir mahalla fuqarolar yig‘ini binosi hovlisida katta qozonda osh pishirish jarayoniga ulanib ketdi.
Mehr bilan tayyorlangan osh hudud yo‘llarini obodonlashtirish, ko‘chalar va yo‘llarda ayoz yuzaga keltirgan muzlamalarni tozalash ishlarini amalga oshirayotgan Obodonlashtirish bo‘limi ishchi-xodimlari, “BSK” MChJ ishchilari, mahalladagi keksa va imkoniyati cheklangan fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar va boquvchisini yo‘qotgan qariyalarga tarqatildi.
Xayriya tadbiridagi o‘zaro muloqot chog‘ida so‘z olganlar yurtimizdagi tinchlik, osudalik tufayli bahamjihatlikda katta yutuqlarga erishilayotganini ta’kidlasharkan, bugungi sinovli kunlarni ham birgalikda yengib o‘tishlari haqida so‘zlashdi. Inson qadri tobora yuksalayotgan O’zbekistonning har bir fuqarosi mehr va e’tibordan chetda qolmasligi lozimligini ta’kidlashdi. Xayriya tadbirini tashkil etishdan maqsad ham hudud aholisining farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat ekanini qayd etishdi.
Zuxro Mirzohamdamova,
O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Yangilanayotgan Konstitutsiya – mening taqdirimda
01.04.2023, 14:28
-
Yangilanayotgan Konstitutsiyani yangiariqlik xotin-qizlar qo‘llab quvvatlashmoqda
31.03.2023, 16:03
-
Qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti ta’minlanadi
31.03.2023, 16:01
-
Shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas
31.03.2023, 16:00
-
Yangi O’zbekiston - suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat
31.03.2023, 15:58
Fikringizni qoldiring