Yoshlar parlamenti saylovi: Saralash bosqichi davom etmoqda
31.01.2023, 16:00

Shu kunlarda Yoshlar parlamentiga o‘tkaziladigan bo‘lajak saylovlarga tayyorgarlikning birinchi bosqichi doirasidagi saralash jarayoni davom etmoqda. Buxoro viloyatining barcha tuman va shaharlarida tanlov nizomida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosiga jiddiy kirilganligi bois O’zLiDeP shahar va tuman Kengashlariga nomzodlarning tegishli hujjatlari qabul qilib olinmoqda.
Partiya mas’ullari hamda tegishli jamoat tashkilotlari faollaridan iborat hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan nomzodlarning hujjatlari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilib, ularga tegishli tavsiya va maslahatlar berilmoqda. Har tomonlama intellektual salohiyatli, dunyoqarashi keng, yuqori huquqiy savodxonlikka ega yoshlarning ushbu tanlovga g‘olib chiqishlariga hamda yoshlar parlamentining haqiqiy a’zolari sifatida faoliyat olib borishlariga va kelgusida mamlakatimiz yoshlarining haq-huquqlarini himoya qilishga qaratiladigan amaldagi va yangi qonunlarni yanada takomillashtirishga salmoqli hissa qo‘shishlariga ishonchimiz komil.
O'xshash yangiliklar
-
Kelajaging uchun ovoz ber!
30.03.2023, 12:34
-
Yangilanayotgan Konstitutsiya yosh olimlar nigohida
27.03.2023, 15:55
-
Jizzaxlik talaba-yoshlar o‘z tengdoshlarini referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi
27.03.2023, 13:14
-
“REFERENDUMDA FAOL ISHTIROK ETAMIZ” deyishmoqda namanganlik talaba yoshlar
25.03.2023, 14:24
-
Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi
23.03.2023, 14:55
Fikringizni qoldiring