Yosh kadrlar faoliyatining samaradorligi yo‘lida

03.02.2023, 16:27

Yosh kadrlar faoliyatining samaradorligi yo‘lida

Qarshi Innovatsion ta’lim universitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O'zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Arziqul Sherov, tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash  bo‘limi mudiri Sarvar Bekmurodov, universitetitning ma’naviyat va talabalar bilan ishlash departamenti boshlig‘i Sulaymon Halimov va boshqalar so‘zga chiqib,   Prezidentimizning  Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, millat istiqbollari bo‘lgan yosh kadrlar zahirasini shakllantirish, Yangi O’zbekiston ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, siyosiy-iqtisodiy bilimlarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.   

Tadbirda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yilida davomida  universitet bilan viloyat kengashi o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni siyosiy jarayonlarga keng jalb etish, partiyaning dasturiy maqsadlarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, siyosiy jihatdan yetuk, davr talablariga javob bera oladigan, yetarli malaka va bilimga ega yoshlarni tanlash hamda joy-joyiga qo‘yish ishlarini yanada takomillashtirish, pirovardida partiyaning istiqbolli kadrlar zahirasiga tavsiya etish uchun faol yosh mutaxassislarni aniqlash borasidagi ishlarni tizimli amalga oshirishga kelishib oldilar. 

Tadbirda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan partiyaviy loyihalar haqida ham atroflicha ma’lumot berildi.   

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    318
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+