Deputat uyma-uy yurib, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolarni o‘rgandi

08.02.2023, 16:40

Deputat uyma-uy yurib, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolarni o‘rgandi

Bugun xalq deputatlari hududiy Kengashlaridagi partiyamiz deputatlari o‘z saylovchilari hamda aholi orasiga yanada chuqurroq kirib borib, joylarda partiyaviy dasturiy vazifalarimizni ro‘yobga chiqarish, elektoratni o‘ylantirayotgan masalalarni hal etish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratishmoqda.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati Xurshida Xalilova ham Andijon tumanidagi “Qumko‘cha” MFY hududida uyma-uy yurib, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolarni o‘rgandi.

1012 ta xonadonda 4950 nafar aholi sitiqomat qiluvchi “Qumko‘cha” MFY da olib borilgan o‘rganish ishlarida partiya viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, mahalla raisi Xasanboy Xolmatov, hokim yordamchisi Yodgor Azimov, yoshlar yetakchisi Maqsud Maxammadjonovlar deputatga yaqindan ko‘mak berishdi.

“Qumko‘cha” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning yashash xonadonlarida bo‘lgan deputat ularning imtiyozli bank kreditlarini olish, uy-joy masalasi, pensiya va moddiy yordam ajratish, gaz, elektr energiyasi ta’minoti va boshqa qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir muammo va murojaatlarini tingladi.

Xonadon sohiblarini qiynab turgan muammolarni joyida ijobiy hal etish choralarini ko‘rdi. Ayrim masalalar yuzasidan tegishli huquqiy tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

Xalq vakili mahallalarning o‘z muammosini hal etishi uchun joriy etilayotgan “Mahalla budjeti” tizimi amaliyotga tatbiq etilishi bilan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi ortishi haqida o‘z mulohazalarini o‘rtoqlashdi.

Deputatning “Qumko‘cha” MFYdagi qolgan “Rovot”, “Sardor”, “Orzuobod”, “Qumzor” ko‘chalarida yashovchi aholi xonadonlaridagi o‘rganish va o‘rganilgan muammolar yuzasidan deputat nazorati o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

Muyassar Umurzakova,

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    493
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+