Navoiyxonlik kechasi o‘tkazildi

09.02.2023, 18:06

Navoiyxonlik kechasi o‘tkazildi

O’zLiDeP Toyloq tuman Kengashi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida  tumanning 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ulug‘ shoir, mutafakkir, davlat arbobi, o‘zbek tili asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda maktab o‘quvchilari faol ishtirok etib, Alisher Navoiyning g‘azal va ruboiylaridan parchalar o‘qishdi, asarlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi. Tadbirda partiya faollari buyuk alloma ijodining yoshlar-ta’lim tarbiyasidagi o‘rni xususida to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek tadbir davomida faol ishtirok etgan o‘quvchilar taqdirlandi.

  • Ko'rildi
    443
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+