Davlat dasturi loyihasi muhokamasiga turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan aniq takliflar bildirildi

14.02.2023, 11:42

Davlat dasturi loyihasi muhokamasiga turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan aniq takliflar bildirildi

Shu kunlarda Prezidentimizning “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi muhokamalari qizg‘in davom etmoqda.

Ushbu muhokamalarda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining barcha hududiy kengashlarida, quyi bo‘g‘inlari va mahalliy kengashlari deputatlari o‘z takliflari bilan faol ishtirok etyapti.

Samarqand viloyatidagi “Hilton Garden INN” mehmonxonasida Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi hamda O’zLiDeP viloyat Kengashi bilan hamkorlikda davlat Dasturining umumxalq muhokamasi loyihasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov so‘z olib, Davlat dasturi loyihasi haqida fikr bildirdi.

Muhokamalar davomida partiya dasturidan kelib chiqqan holda partiya elektorati manfatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan bir qator takliflar bildirildi.

Jumladan, turizmni rivojlantirish orqali tadbirkorlik imkoniyatlaridan keng foydalanish, bu borada  yangi turizm yo‘nalishlari xususan, turizm qishlog‘i, turizm va gastronomik ko‘chalar, ziyorat turizmi marshrutlari, plyaj, suvda va cho‘l hududlarida dam olish turizmi tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish, viloyatda tematik turistik zonalar va klasterlarni yaratish, «To‘siqsiz turizm»ni rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif mulohazalarini bildirishdi.

Tadbirda Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov  ishtirok etdi.

Jaxongir Xujamkulov,

 O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    290
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+