Yoshlar parlamenti saylovi: Farg‘onadan 12 nafar nomzod Respublika bosqichida bellashadi

15.02.2023, 17:05

Yoshlar parlamenti saylovi: Farg‘onadan 12 nafar nomzod Respublika bosqichida bellashadi

O’zLiDePdan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga saylovining Farg‘ona viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Hakamlar hay’ati Yoshlar parlamenti a’zolarini baholashda nomzodlarning qonunchilik sohasidagi bilim va tajribasi, siyosiy partiya faoliyatidagi faollik darajasi, partiyaning ustavi (nizomi), dasturiy maqsadlarini bilish darajasi; davlat boshqaruviga oid bilim va tasavvurlari, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi qarashlariga e’tibor qaratdi.

Yakunda 23  nafar ishtirokchidan 12 nafari Nizom talablari hamda baholash me’zonlari asosida aniqlanib, respublika bosqichida ishtirok etishi uchun  yo‘llanma berildi.

  • Ko'rildi
    144
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+