Tog‘li hudud aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
02.03.2023, 15:30

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi faollari, hamda partiya G’allaorol tuman Kengashi xodimlari tomonidan “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida hududdagi "Alamli", "Samarqand", "Do‘stlik" MFYlari hamda "Guliston" QFY dagi "Ayollar daftari" da turuvchi, ijtimoiy himoyaga muxtoj 45 nafar xotin-qizlarga bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tadbir davomida tuman tibbiyot birlashmasining malakali xodimlari tomonidan barcha xotin-qizlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kamqonlik va boshqa kasallik alomatlari aniqlangan xotin-qizlarga tuman tibbiyot birlashmasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.
Tibbiy ko‘rikdan so‘ng “Ayollar o‘rtasida onkologik kasalliklarning oldini olish” mavzusida ochiq muloqot ham tashkil qilindi. Unda ayollar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga tajribali shifokorlar tomonidan javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Saida Umaraliyeva,
O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
“Ayollar qanoti” guruhi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘lida
03.06.2023, 13:10
-
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi
02.06.2023, 19:11
-
Ishonch va mas’uliyat islohotlar ijrosining bosh mezoni
02.06.2023, 17:05
-
Ijtimoiy himoya tizimi yanada yaxshilanadi
02.06.2023, 17:02
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
Fikringizni qoldiring