Partiya faxriylari yosh avlod vakillari bilan dildan suhbatlashdi

03.03.2023, 15:47

Partiya faxriylari yosh avlod vakillari bilan dildan suhbatlashdi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Faxriylar Kengashi tomonidan joylarda ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar hamda keksalar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda maxsus sport musobaqalari, keksa yozuvchilar, can’at vakillari va ijodiy ziyolilarning boshqa vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etib kelinmoqda.

O’zLiDeP Chilonzor tumani Kengashi huzuridagi Faxriylar Kengashi,  Chilonzor tuman hokimligi Mahalla va Nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda Chilonzor tumani “Gavhar” MFY bilan hamkorlikda “Uch avlod uchrashuvi” loyihasi doirasida “Nuroniylar el ardog‘ida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda mahallada yashovchi nuroniy otaxonlar va onaxonlar, mahalla faollari, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida nuroniy otaxonlar va onaxonlar o‘z hayotiy tajribalaridan kelib chiqib yosh avlodga maslahatlar berib o‘tdilar. Tadbir so‘ngida nuroniy otaxon va onaxonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, deputat aholi xonadonlarida bo‘lib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi.

O’zLiDeP Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi Faxriylar Kengashi “Jurjoniy” MFYda “Ma’rifiy islohotlar va barkamol inson tarbiyasi” mavzusida tadbir tashkil etdi. Tadbirda so‘z olganlar bugungi o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanga sadoqat ruhida tarbiya topishida, komil va barkamol inson bo‘lib ulg‘ayishida keksa nuroniylarning o‘gitlari, pand-nasixatlari muhimligini alohida e’tirof etishdi.

  • Ko'rildi
    239
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+