Yangi tahrirdagi Konstitutsiya: agrar sohada yangi imkoniyatlar yaratiladi
20.04.2023, 16:29
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Samarqand tumanidagi “Navobod naslli parranda” fermer xo‘jaligida bo‘ldi.
Partiya lideri Samarqand, Toyloq, Urgut, bulung‘urlik fermerlar, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, tomorqa yer egalari, tajribali dehqon va chorvadorlar bilan uchrashdi. Bo‘lajak referendum hamda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartishlar, xususan agrar sohadagi yangiliklar bo‘yicha ham fikr-mulohazalarini bildirdi. Mamlakatimizda klaster, fermerlar uchun yaratilayotan imkoniyat va imtiyozlar xususida to‘xtaldi.
Ta’kidlaganidek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada agrar soha egalari uchun ko‘plab huquqiy imkoniyatlar yaratilmoqda. Davlat o‘z zimmasiga bozor munosabatlarini rivojlantirish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, halol raqobat uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha majburiyatlarni olayapti.
“Navobod naslli parranda” fermer xo‘jaligi raisi, O‘zLiDeP viloyat Faxriylar kengashi rahbari Haydar O’roqov so‘zga chiqib, yangilanayotgan konstitutsiyada qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlarni qonunga muvofiq xususiylashtirish mumkinligi belgilanayotganini, bu esa soha xodimlari uchun navbatdagi imkoniyatlar ekanini aytdi.
- Konstitutsiyada ilk marotaba yer xususiy mulk bo‘lishi, u umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulkchilikka yo‘l qo‘yilishi nazarda tutilmoqda, – dedi O‘zLiDeP viloyat Faxriylar kengashi a’zosi, faxriy fermer To‘xta Xudoynazarov. – Bu ishbilarmon kishilar uchun katta imkoniyatdir. Ular ixtiyoridagi yerning bozor qiymati shakllanadi va yer kapitalga aylanadi. Qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga xizmat qiladi.
Uchrashuv davomida soha xodimlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga to‘liq javob berildi.
O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Dehqonobodlik deputatlar bilan muloqot qilindi
25.04.2024, 11:50
-
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari xalq manfaatlari yo‘lida
20.04.2024, 12:07
-
Aholiga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi
20.04.2024, 08:29
-
Deputatlar mirzacho‘llik saylovchilar bilan uchrashdi
18.04.2024, 12:00
-
Yerlardan samarali foydalanish imkoni yaratilmoqda
13.03.2024, 21:50
Fikringizni qoldiring