Urush faxriylari holidan xabar olindi
08.05.2023, 15:30
9 may – Xotira va qadrlash kuni va Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 78 yilligi munosabati bilan O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi faollari Nukus shahridagi "Amudaryo" MFYda istiqomat qilayotgan, 98 yoshni qarshilagan ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qadirbay ota Narmanov xonadonida bo‘ldi.
Otaxon urush yillarini eslab, ko‘zida yosh bilan bugungi kunga shukronalar aytdi.
- Prezidentimiz tomonidan bizga ko‘rsatilayotgan bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlikdan juda xursandmiz. Ayniqsa, yoshlarning hurmat va ehtiromi mamlakatimizda inson manfaati, uning sha’ni va qadr-qimmati hamma narsadan ustun ekanini yana bir karra namoyon etmoqda. Biz, har yili ko‘rsatilayotgan bunday e’tibordan juda mamnunmiz. Ilohim yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin, - deydi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qadirbay ota Narmanov.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
-
Choponlikda tengi yo‘q xotin-qizlar baxslashdilar
18.05.2024, 13:57
Fikringizni qoldiring