Quyi bo‘g‘in yetakchisi ishonchni yana oqladi

02.04.2018, 09:11

Quyi bo‘g‘in yetakchisi  ishonchni yana oqladi

O‘zLiDeP Bekobod shahar Kengashi tarkibidagi  “O‘zmetkombinat” AJda faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda quyi bo‘g‘in yetakchisi Davlat Xolmurodovning 2017 yildagi ish faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi.

Yig‘ilishda BPT faoliyatini kuchaytirish, deputatlar bilan quyi bo‘g‘in hamkorligida olib boriladigan ishlarda aniq  natijalarga erishish, partiya a’zolari safini kengaytirish va boshqa bir qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

–Boshlang‘ich partiya tashkilotimiz 2016 yilda etilgan bo‘lib, hozirda o‘z safiga 250 nafardan ortiq a’zolarni jipslashtirgan, – deydi quyi bo‘g‘in yetakchisi D. Xolmurodov. –E’tiborlisi, ularning ko‘pchiligini siyosiy jihatdan yetuk, joylardagi mavjud yechimini kutayotgan muammolardan xabardor, elektorat bilan bevosita ishlashga qodir a’zolarimiz tashkil etadi. Buni o‘tgan davr mobaynida BPT tomonidan elektorat manfaatlarini himoya qilish, ularni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy ishlar samarasidan ham bilish qiyin emas.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, ko‘pchilikning ovozi bilan mazkur tashkilot BPT yetakchisiga qayta ishonch bildirildi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1314
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+