Yetakchi o‘z lavozimida qoldi
02.04.2018, 17:15
Chimboy tumanidagi “Chimolgazta’minot” tumanlararo bo‘limi qoshida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda partiya safiga yangi a’zolarni jalb qilish, quyi bo‘g‘inning ish samaradorligini oshirish hamda a’zolarning sifat tarkibini yaxshilash lozimligi alohida ta’kidlandi.
–Partiyamiz o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, bugun odamlar orasiga chuqur kirib borishga intilmoqda, – deydi BPT bilan ishlash guruhi rahbari B.Tanirbergenov. – Bu ishni amalga oshirishda joylarda tuzulgan qo‘yi bo‘g‘inlarning faolligi o‘ta muhim hisoblanadi. Hozirda 24ta a’zosi bilan partiyaning g‘oyalarini aholiga yetkazishda va ularning muammolarining o‘rganib, ijobiy hal qilishda bizga ko‘makdosh bo‘lgan qo‘yi bo‘g‘inning faoliyati bizni qoniqtirdi.
Yig‘ilishda shuningdek, qo‘yi bug‘inning o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari sarhisob qilinib, 2018 yilda amalga oshiriladigan ishlar tasdiqlab olindi.
Yig‘ilish so‘nggida BPT faoliyati qoniqarli deb topildi va Azamat Qudaybergenov BPT raisligiga qayta saylandi.
B.Ganiyev,
O‘zLiDeP Chimboy tuman
Kengashi apparat rahbari
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring