Andijon viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.Egamberdiyev O‘zLiDeP deputatlariga hisobot berdi
04.04.2018, 12:51
Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda deputatlar viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Abdujabbor Egamberdiyevning Prezidentimizning 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qiligga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini nazorat tahlil tarzida o‘rganish va uning natijalari bo‘yicha hisobotini eshitdi.
Hisobotda ta’kidlanganidek, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da tadbirkorlikni rivojlantirish, uning huquqiy himoyasini ta’minlash iqtisodiy sohadagi islohotlarning asosini tashkil etmoqda. Buni viloyatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 72, sanoatning 34,4 va qishloq xo‘jaligida 99,7 foizi kichik biznes sub’ektlariga to‘g‘ri kelayotganida ham ko‘rish mumkin. Umumiy iqtisodiyotda ish bilan band bo‘lgan 1 million 319 ming nafar ishlovchining 84,5 foizi aynan ularda ekanligi quvonarli.
–Ayni chog‘da viloyatimizda 20 ming 67 ta kichik biznes sub’ektlari faoliyat ko‘rsatmoqda, – deydi A.Egamberdiyev. – Keyingi yillarda sohaga qaratilayotgan alohida e’tibor natijasida ularning safi yanada kengayapti. Birgina o‘tgan yilning birinchi choragida 643 ta yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil etildi. Joriy yilning yanvar-fevral oylarida 19 ta tadbirkorlik sub’ektlariga amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada 13 tasining faoliyati qayta tiklandi va 6 tasi yangi tashkil etildi. Bundan tashqari, hozirgi kunda viloyatda eksport faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 150 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari mavjud bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida ular tomonidan 20 million AQSh dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.
Deputatlik guruhi a’zolari, tadbirkorlar, davlat xizmatlari markazlari, bank, soliq va boshqa tizimlar vakillari ishtirokidagi eshituv yig‘ilishida ishbilarmonlik muhitining ishonchli himoyasiga qaratilgan me’yoriy hujjatlar yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.
Risolatxon NIYaZOVA,
Xalq deputatlari Andijon viloyat
Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik
guruhi ijrochi kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
Fikringizni qoldiring