Istiqlolning har bir yili asrlarga ta’tigulik

30.08.2023, 16:10

Istiqlolning har bir yili asrlarga ta’tigulik

Ayni kunlarda O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan  Mustaqilligimizning 32 yillik sanasi munosabati bilan  mahallalarda, korxona va tashkilotlarda  “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida  turli xil madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari ishtirokidagi ana shunday tadbirdardan biri  – Jizzax shahridagi “A” sanoat zonasida joylashgan “IRUSKON” MChJda bo‘lib o‘tdi.  

Loyiha qiymati 15 million dollarni tashkil etgan mazkur korxona 6 gektardan oshiq maydonni egallagan bo‘lib, o‘tgan yili o‘z faoliyatini boshlagan. Yiliga 22 000 ming tonna shokolad va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lgan korxonada ayni paytda 350 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratilgan.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida ta’kidlanganidek,  Mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Ayniqsa, so‘nggi yetti yilda  mehr-oqibat, bag‘rikenglik hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi.

Yangi O’zbekistonni barpo etish va uni jahonga tarannum qilish bo‘yicha muhim natijalar qo‘lga kiritilmoqda. Bu yutuqlar xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etilib, vatandoshlarimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Ular islohotlar samarasini kundalik hayotida his qilib yashamoqdalar.

So‘nggi yillarda "Inson qadri uchun" tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. "Inson — jamiyat — davlat" tamoyili davlatimizning eng oliy maqsadiga aylandi.

Butun respublikamizda bo‘lgani kabi,  Jizzax viloyatida ham davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan barcha vazifalar og‘ishmay amalga oshirilmoqda.

Muloqot ishtirokchilari mustaqilligimizni asrash, uni mustahkamlash har bir o‘zbekistonlikning sharafli burchi ekanligini, har bir inson o‘z mehnati, intilish va sa’y-harakatlari bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” degan ezgu g‘oya ostida amalga oshirilayotgan ishlarda bundan buyon ham kamarbasta bo‘lishlarini ta’kidlab o‘tdilar.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    86
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+