Deputat va tadbirkorlar aholi bilan muloqotda bo‘ldi

06.09.2023, 15:25

Deputat va tadbirkorlar aholi bilan muloqotda bo‘ldi

O‘zLiDeP  Sharof Rashidov tuman Kengashi tashabbusi bilan joylardagi mavjud muammolarni partiyaviy vositalar bilan bartaraf etish, shuningdek, fuqarolarning  tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va shu asosda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini oshirish maqsadida deputatlar, partiya faollari va tajribali tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv va ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Shunday uchrashuvlardan biri – tumandagi Olmachi MFY hududida ham bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari Sharof Rashidov tumanidagi O‘zLiDeP  deputatlik guruhi a’zosi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, taniqli tadbirkor Sharofat Noriyeva ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida joriy yil 18 avgust kuni  Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotida aytib o‘tgan  kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlar va ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Ochiq muloqot davomida hududda tadbirkorlikni, tomorqachilikni rivojlantirish, “Yashil hudud” doirasida ko‘chat ekish ishlarini tashkillashtirish borasida ham kengashib olindi.

Tomorqachilik, tadbirkorlik faoliyati davomida asqotadigan ishlab chiqarish vositalari, mini texnikalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ochiq muloqot davomida aholi tomonidan qilingan murojaatlar ham  mutasaddi tashkilot vakillari bilan birgalikda o‘rganilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olinadigan bo‘ldi.

G’anisher Avalboyev,

O‘zLiDeP Sharof Rashidov tuman Kengashi apparat rahbari

  • Ko'rildi
    146
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+