Ilg‘or fermerlar tajribasi ommalashtirilmoqda

08.09.2023, 17:36

Ilg‘or fermerlar tajribasi ommalashtirilmoqda

Yerning har bir qarich yeridan unumli foydalanish, zamonaviy texnologiya va ish usullarini joriy qilish bilan birga har bir hududga mos ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.

Shu sabab, O’zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi tomonidan ayni kunlarda joylarda o‘tkazilayotgan fuqarolarning  tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan uchrashuv va muloqotlarda ilg‘or fermerlarning ish tajribalarini ommalashtirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

 Partiya tuman Kengashi tashabbusi bilan Zafarobod tumani Chimqo‘rg‘on QFYda fuqarolar bilan tashkil etilgan shunday uchrashuvlardan biriga xalq deputatlari Zafarobod tumanidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, tajribali fermer Faxridin Urushov taklif qilindi.

Faxriddin Urushov suyagi dalada qotgan soha xodmilaridan biri. Ayni paytda u rahbarlik qilayotgan “Chimqo‘rg‘onlik azamat” fermer xo‘jaligi ko‘p tarmoqli hisoblanadi. Fermer xo‘jaligi a’zolari paxtachilik, chorvachilik, yilqichilik bilan shug‘ullanishadi. Har bir qarich yerdan unumli foydalanish maqsadida poliz ekinlari parvarishiga ham katta e’tibor qartilmoqda. Xo‘jalikda 30 nafar doimiy, 100 nafar mavsumiy ish o‘rinlari yaratilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyundagi “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF 93-sonli Farmoniga asosan, “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida chorvachilikni yanada rivojlantirish loyihasi ishlab chiqildi. Bu loyiha uchun o‘z sarmoyasidan tashqari 5 milliard so‘mlik kredit mablag‘i jalb qilinadi. Natijada yana 52 ta ish o‘rni yaartish imkoniyati tug‘iladi.

Chimqo‘rg‘onliklar fermerni yaxshi tanishgani uchunmi, uchrashuv samimiy va ochiq muloqotga aylanib ketdi. Uchrashuv ishtirokchilari fermerga nafaqat agrar sohadagi yangi loyihalarga oid, balki tomchilab sug‘orish texnologiyalaridan tortib, mini texnikalar, mineral o‘g‘itlar ta’minoti, berilayotgan yangi imtiyozlar va shu kabi ko‘plab savollar bilan murojaat qilishdi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan ochiq muloqotdan so‘ng uchrashuv qatnashchilari  fermer dalasiga borib, bevosita uning amaliy faoliyati bilan  tanishdilar.

Xolbek ASATOV

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim

va deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    150
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+